Ronaldu A Seriyaning 2018/19 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi

Alisher
3 dek 2019, 10:21
Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 2018/19 yilgi mavsumi uchun eng yaxshi futbolchiga beriladigan mukofotga loyiq deb topildi.

"Bu mukofotni olish menga g'urur bag'ishlaydi va "Yuventus"dagi jamoadoshlarimga rahmat aytib qolaman. Bu mening Italiyadagi birinchi yilim bo'ldi, qiyin chempionat va men juda ham baxtliman. Menga ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Krishtianu Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu o'tgan mavsum A Seriyada 31ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 11ta assist qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com