Ronaldu 6 millionlik yaxtadan so'ng atigi 10 dona ishlab chiqariladigan mashinani 8 mln evroga xarid qildi

Alisher
31 iyul 2020, 14:57
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi avtomobil xarid qildi.

Portugaliyalik futbolchi Bugatti Centodieci avtomobilini 8 million evroga xarid qildi.

Bugatti Centodieci - cheklangan kollekciyada ishlab chiqariladigan avtomobildir. Francuz kompaniyasi bunday mashinadan 10 dona ishlab chiqariladi, ular kompaniya tashkil topishining 110 yilligiga bag'ishlangan.

Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 380 km/soatni tashkil etadi. U 100 km/s tezlikka 2,4 sekundda chiqadi.

Qayd etish kerakki, Ronaldu bu mashinani "Yuventus"ning A Seriyadagi g'alabasi sharafiga xarid qildi, ammo u mashinani 2021 yilda qabul qilib oladi.

Eslatib o'tamiz, kecha Ronaldu "Yuve"ning chempionligi sharafiga 6 million evrolik yaxta xarid qilgani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com