Ronaldu 400 ming evrolik mashinasini ko'z-ko'z qildi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2021
Turinning "Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Brabus G800 Widestar avtomobilini namoyish qildi.

Uning narxi - 400 ming evro.

"Yaxshi hafta", – deb yozdi portugaliyalik o'z Instagram sahifasida.

36 yoshli Ronaldu o'tgan mavsumda "Yuventus" uchun 44 o'yinda qatnashib, 36 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/cristiano