Ronaldu 300ta golni Messidan tezroq urdi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2018
Kecha "Real" o'z uyida "Xetafe"ni 3:1 hisobida taslim qildi.

Bu o'yinda madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu La ligadagi o'zining 300-golini urishga erishdi. Portugaliyalik Ispaniya chempionatida 300ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. 

Bunga qadar Lionel Messi ushbu marrani zabt etgandi. Biroq Ronaldu 300ta golni 286-uchrashuvida urdi. Messi esa 334-o'yindagina bu natijaga erishgandi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com