Ronaldo talqinida dunyoning eng kuchli hujumchisi kim?

Sherzod Nurmatov
1 fev 2022, 21:21
"Real" va "Barselona" sobiq hujumchisi Ronaldo ayni damda dunyoning eng yaxshi hujumchisi kim ekanligini aytdi.

"Benzema – eng kuchli hujumchi.  Bunga hech qanday shubha yo'q. Keyingi o'rinda Levandovski. Xoland birinchi raqamga aylanadi, ammo bu ikkisi hozir undan yaxshiroq.

Mbappe ham juda kuchli. U "Real" bilan 50 million evroga shartnoma imzolaganini o'qidim", – dedi braziliyalik afsona.

Benzema La Liga ushbu mavsumida 21 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia