Ronaldo Skudetto uchun kurashda favoritlarni aytdi

Оқил Абдубарноев
1 avg 2022, 19:10
Italiyaning "Inter" va "Milan" klublari sobiq hujumchisi Ronaldu kelasi mavsum uchun o'z bashorati bilan o'rtoqlashdi.

Uning fikricha, kelasi mavsum Italiya chempionligini "Inter", "Milan" yoki "Yuventus"dan biri qo'lga kiritadi. Oxirgi marta 2001 yil ushbu klublardan boshqa jamoa - "Roma" chempion bo'lgan.

- "Menimcha, "Inter", "Milan" va "Yuventus" favorit sanaladi. "Inter" o'tgan yilgi mavsumda ham A Seriyada g'alaba qozonishi mumkin edi. "Napoli" muhim futbolchilarini yo'qotdi. "Roma" esa, aksincha, tarkibini kuchaytirdi", - dedi Ronaldo.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport