Ronaldo Mbappeni o'zi bilan solishtirdi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2021
Madridning "Real" klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo Nazario Fransiya termasi va "Pari Sen-Jermen" futbolchisi Kilian Mbappe o'yin borasida o'ziga o'xshashi haqida fikr bildirdi.

"Ha, unda mendagi kabi tavsif bor. U hatto katta tezlikda ham qoyilmaqom sifat va ajoyib texnikaga ega.  

Mbappe hali yosh bo'lishiga qaramasdan, katta yo'lni bosib o'tdi. Kilian menga yoqadi, men uni qo'llab-quvvatlayman", – dedi Ronaldo DAZN'ga.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN