Ronaldo: "Endi har futbol o'ynaganimda jarohat olyapman"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2016, 13:30
"Barselona" va "Real" sobiq hujumchisi Ronaldoning so'zlariga ko'ra, u iloji boricha kamroq futbol o'ynashga harakat qilmoqda.

"Endi har safar futbol o'ynaganimda jarohat olyapman. Shu sababli kamroq maydonga tushyapman. Tennis o'ynashni xush ko'raman.

7-8 yoshimdan futzal o'ynay boshlaganman. Bu juda qiziq va futbolchilar uchun katta foyda bo'ladi" - deydi Ronaldo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero