Ronaldo: "Anchelotti – ajoyib murabbiy. U barchasini iziga soladi"

Sherzod Nurmatov
19 may 2025
"Inter" va "Real"ning sobiq futbolchisi Ronaldo Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganiga baho berdi.

"Bu ajoyib, u zo'r mutaxassis. Terma jamoada ko'plab muammolar bor, ammo endi bizda a'lo darajadagi murabbiy bor. Braziliya ancha vaqtdan beri Jahon chempionatida g'alaba qozonmagan. Buni amalga oshirish oson emas, chunki hozirda biz eng yaxshi holatimizda o'ynamayapmiz. Anchelotti – ajoyib murabbiy. Umid qilamanki, u hamma narsani iziga soladi".

Ayni paytda Braziliya terma jamoasi 14 turdan keyin 21 ochko bilan JCH-2026 saralash jadvalida 4-o'rinni band etib turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia