Ronaldinyo xayriya uchrashuvida super gol urdi (video)

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 15:21
La-Pas shahrida Amerika va Yevropa terma jamoalari o'rtasida xayriya o'yini bo'lib o'tdi.

Amerika jamoasida o'ynagan Ronaldinyo uzoq masofadan juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Uchrashuvni stadiondan 10 mingga yaqin kishi tomosha qildi. O'yin 2:2 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa Amerika terma jamoasi 5:4 hisobida g'alabaga erishdi.

Ushbu xayriya uchrashuvidan tushgan pullar Meksikada yuz bergan zil-zilada jabrlanganlarga yordam berish uchun sarflanadi.

TAS-IX



TAS-IX emas

Ko'chirib olish (skachat)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com