Ronaldinyo Paragvaydagi uy qamog'i haqida gapirdi

Alisher
10 iyun 2020
"Barselona" sobiq o'yinchisi Ronaldinyo Paragvaydagi uy qamog'i haqida gapirdi.

"Biz hotirjammiz, biz bilan yaxshi munosabatda bo'lishdi, bu uzoq davom etgan 60 kun bo'ldi. Faol tarzda shug'ullanmoqdamiz, bizga trenajor zali berildi.

Hozir uyda o'tirganlar buni nima ekanligini bilishadi, uzoq vaqt odat qilgan narsalarni qila olmaslikni aytyapman. 

Bu noodatiy o'tgan paytlar bundan keyin doimo xotiramizda qoladi", - deydi 40 yoshli braziliyalik.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo