Ronaldinyo “Keretaro” bilan ilk sovrinni qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
31 mar 2015
“Barselona”, “Milan” klublari hamda Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldinyo Meksikaning “Keretaro” klubi bilan ilk sovrinini qo'lga kiritdi.
Meksika Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvida “Keretaro” klubi “Puebla” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqtda tomonlar 3:3 hisobidagi jangovor durangga imzo chekishdi. Penaltilar seriyasida esa omad Ronaldinyo jamoadoshlariga kulib boqdi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: olamsport.com