

"Pep "Barselona" ustoziga aylanganidan so'ng men bilan uchrashdi. U menga ishonch bildirayotganini aytib, "Barselona"da qolishimni so'radi. Men unga minnatdorchilik bildirdim, biroq klubdagi missiyam yakunlanganini aytdim. Pep bilan munosabatlarimiz juda yaxshi" - deydi Ronaldinyo.
Oldinroq Ronaldinyo turli tadbirlarda "Barselona" vakili sifatida qatnashishi va klubning elchisi bo'lishi e'lon qilingan edi. Braziliyalik 2003-2008 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan.



