Ronaldinyo: Faoliyatimdan qoniqayapman, ketish niyatim yo'q

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2014, 10:06
Mashhur braziliyalik futbolchi Ronaldinyo hozircha faoliyatini tugatish haqida o'ylayotgani yo'q.
Hozircha ketmoqchi emasman. Akam Roberto de Assish variantlar borasida ishlamoqda, keyingi hafta bu borada gaplashib olamiz. Ayni paytda biroz dam olishim kerak.

Faoliyatimdan qoniqayapman, deyarli har bir klub safida sovrin yutganman. Faoliyatimda Barselona alohida o'rin tutadi, Atletiko Mineyro ham chuqur iz qoldirdi, – deydi Ronaldinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru