Ronaldinyo: "Bugun Inesta darajasidagi futbolchini topish qiyin"

Aslanov Jasurbek
3 fev 2016, 16:10
"Barselona" sobiq futbolchisi Ronaldinyo Kataloniya klubi yarim himoyachisi Andres Inesta nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Haqiqatdan ham, ko'chilik Inesta ko'p muvaffaqiyatlarga erishadi deb aytgan edi. Vaqt o'tmoqda va u o'zidan kutilgan barcha ishni bajaryapti. Biz aldanmadik va bu xursandchilik uchun yana bir sabab. Bugungi kunda Inesta darajasidagi futbolchini topish qiyin. Andres taqlid qilish uchun namuna bo'lishda davom etadi deb umid qilaman" - deydi Ronaldinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo