Ronaldinyo Braziliya terma jamoasidagi davomchisi kimligini aytdi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2021
Braziliya terma jamoasi sobiq forvardi Ronaldinyo o'zining Braziliya termasidagi davomchisi borasida bayonot berdi.

"Neymar – mening davomchim. U Braziliya terma jamoasining asosiy yulduzi va vatandoshlarimizning kumiri hisoblanadi. Neymar jasorat va driblingdan xoli emas. Mbappega kelsak, men bu bolani yoqtiraman. Uning o'yinlarini tomosha qilishni yaxshi ko'raman, ayniqsa, Neymar bilan birga o'ynaganida", – dedi Ronaldinyo.

29 yoshli Neymar Braziliya termasida 2010 yildan beri o'ynab keladi. U 64 ta gol bilan terma to'purarlari orasida faqat afsonaviy Pele (77 ta gol)dan ortda qolmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France Football