"Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bilan uchrashdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik ispan grandi rahbari bilan o'zining klubga qaytishini muhokama qildi. Ronaldinyo "Barselona"ning elchisiga aylanadi va klubga yordam berib, o'z imijini xalqaro darajada rivojlantiradi.