Ronaldinyo: "Agar Messi "Barselona"dan ketishga qaror qilsa, uni qo'llab-quvvatlayman"

Aslanov Jasurbek
16 noya 2017, 18:42
"Barselona" sobiq hujumchisi Ronaldinyoning fikricha, kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi jamoani tark etishi mumkin.

"Bu savolga javob berishim qiyin, chunki u mening yaqin do'stim. Yaqin do'st sifatida uning baxtidan xursand bo'laman. Agar Messi boshqa klubga ketishni istasa, uni qo'llab-quvvatlayman va men "Barselona" elichisi ekanligimning ahamiyati yo'q. Biroq u qolishini istardim. Messi qayerda bo'lmasin, u futbolda muhim rolni o'ynaydi" - deydi Ronaldinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal