Ronald Kuman: "Everton" maqtovga loyiq"

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2017
“Everton” ustozi Ronald Kuman "Manchester Siti"ga qarshi o'yindagi yirik g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Bunday o'yinni oldindan rejalashtirish qiyin. "Siti"ga qarshi o'yinlar doimo qiyin bo'ladi. Ular ajoyib o'yin ko'rsatadilar. Ikkinchi bo'limda esa bizning o'yinimiz idel kechdi.

Birinchi bo'limda kerakli vaziyatdan gol kirita oldik. Tanaffusdan keyingi gol esa raqibga yaxshigina ta’sir qildi.

O'ylaymanki, "Everton" bugungi o'yini orqali maqtovlarga loyiq.

Ha, balki Gvardioladan yaxshi natijalar kutilgandi. Bu jiddiy mag'lubiyat. Lekin, Pepda vaziyatni o'nglash uchun yaxshi tajriba bor. Bunga shubham yo'q", - deydi gollandiyalik murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com