Ronald Kuman: “Barsa” g'alaba qozonishi ham mumkin edi, ammo durang ham adolatli bo'ldi”

22 avg 2021, 08:00
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 2-turida “Atletik”ka (1:1) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ushbu bellashuv bir qator aspektlar bo'yicha qiziqarli kechdi. O'ylashimcha, o'yin boshida biz o'z vazifamizni qiyinlashtirib qo'ydik. Raqib bizga katta bosim o'tkazishiga imkon berdik. Darvozabonga qachon va qanday vaziyatda qisqa paslar bilan to'p uzatish kerakligini tushunib yetishimiz lozim. 

Dastlabki 15 daqiqada bizga sovuqqonlik yetishmadi. So'ngra gol urdik, ammo hisobga olinmadi (Arauxoning zarbasidan keyin to'p darvoza to'riga borib tushgan bo'lsada, o'sha vaziyatda hakamlar “Barsa” vakili Breytueyt qo'pollik ishlatgan deb topishdi). O'sha vaziyatda qo'pollik ishlatilganmidi yoki yo'q bilolmay qoldik. Vaziyatni boricha qabul qildik. 

Hisobda ortda borishmizga qaramay yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabatini alohida takidlashni istardim. Durang, menimcha, adolatli hisob. Bizda g'alabaga erishish uchun imkoniyat ham bo'ldi. Ammo “Atletik” ham yuqori saviyada o'yin ko'rsatganidan ko'z yumib bo'lmaydi. Qolaversa, bunday maydonda to'p tepish ham oson emas. Bunday holatda qo'lga kiritgan natijadan norozi bo'lishimiz noto'g'ri”, dedi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca