Romelu Lukaku: "Sovrin yutish uchun top-klublarni mag'lub etishimiz kerak"

Narzulla Saydullayev
13 mar 2016, 14:00
"Everton" hujumchisi Romelu Lukaku Angliya kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi bahsdan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu uchrashuvdan so'ng ajoyib kayfiyatdamiz. Jamoam uchun xursandman. "Vest Xem"dan olingan mag'lubiyatdan so'ng yaxshi ishladik. Birinchi golim ajoyib chiqdi. Agar sovrinlarni qo'lga kiritmoqchi bo'lsak top-klublarni mag'lub etishimiz kerak. "Chelsi"ga nimanidir isbotlashim shart emas. Bu klubdan minnatdorman", - deydi Lukaku  VVS nashriga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com