Romario kasalxonaga tushib qoldi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Romario kasalxonaga yotqizildi.

"Barselona" sobiq futbolchisi noqulaylik va og'riqdan shikoyat qilib, Rio-de-Janeyrodagi "Barra d'Or" kasalxonasiga olib borildi. 

Keyinroq Romarioga ichak infekciyasi tashxisi qo'yilgani ma'lum qilindi. Braziliyalikning sog'lig'i barqaror, biroq hozircha unga ruxsat berish bo'yicha prognozlar yo'q. Romario 2021 yilda o't pufagini olib tashlash bo'yicha shoshilinch operaciyani boshdan o'tkazgandi.

Romario 1994 yil Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer