"Roma" Zanoloni 50 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
6 may 2022, 10:16
"Roma" hujumkor yarim himoyachi Nikolo Zanolo uchun narx o'rnatdi.

22 yoshli Italiya terma jamoasi futbolchisiga "Yuventus" va bir qator APL klublari qiziqmoqda.

Rimliklar muhim o'yinchisi bilan xayrlashishni xohlamayapti, ammo 50 mln evro "Roma"ni Zanoloni ushbu yozda sotishga majbur qilish uchun etarli bo'ladi.

Zanolo joriy mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport