"Roma" yarim himoyachisi "Barselona" bilan o'yingacha tiklanishi mumkin

Tolibjon Qosimov
3 apr 2018, 10:24
"Roma" yarim himoyachisi Radja Nainggolan YCHL 1/4 final birinchi bellashuvi doirasida "Barselona"ga qarshi kechadigan o'yingacha tiklanishi mumkin.

Radja "Bolonya"ga qarshi jarohat olgan edi.

"La Gazzetta dello Sport"ning xabar berishicha, belgiyalik dushanba kuni engil mashg'ulot o'tkazgan. Futbolchining uchrashuvda ishtirok etishi borasidagi yakuniy qaror o'yin kuni qabul qilinadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Roma" o'zaro uchrashuvni 4 aprel kuni o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport