"Roma" Yanuzay bilan muzokaralarni boshladi

19 yanv 2020, 01:40
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Adnan Yanuzay faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

"Sport Italia" nashri xabariga ko'ra, Rim klubi rahbariyati belgiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish (15 million evro evaziga) huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot uchun, Yanuzay joriy mavsum 13 o'yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Italia