“Roma” yangi mavsumda ham YCHLda ishtirok etadi

13 may 2018, 08:19
Rimning “Roma” klubi o'zi uchun mavsum-2018/19 Yevropa Chempionlar ligasidagi ishtirokini kafolatladi.

“Bo'rilar” “Inter”ning o'z uyida “Sassuolo”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berganidan so'ng ushbu imkoniyatni qo'lga kiritishdi. Chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida “Roma” (3-o'rin) “Inter” (5-o'rin)dan 4 ochkoga o'zib ketdi. 

Eslatib o'tamiz, “Roma” joriy mavsum YCHLda final ostonasida to'xtadi. Chorak finalda “Barselona”ni ikki o'yin natijasiga ko'ra (1:4, 3:0) mag'lubiyatga uchratgan rimliklar yarim finalda “Liverpul” klubiga imkoniyatni boy berishgan edi.

O'xshash yangiliklar