"Roma" xo'jayinlari Mourinyudan norozi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2021, 19:51
"Roma" mavsumni yaxshi boshladi, biroq so'nggi paytlarda jamoaning natijalari ko'ngildagidek bo'lmadi.

Italiyada "bo'rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu va klub sport direktori Tyagu Pintu o'rtasida mojaro borligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Xususan, portugaliyalik murabbiy tarkib va   klubning transfer siyosatidan norozi.

Shu bilan birga, klub xo'jayinlari Mourinyudan norozi ekani aytilmoqda. Yaqinda Konferenciya ligasida "Budyo-Glimt"dan 1:6 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng murabbiy barcha aybni futbolchilarga yuklagani ularga yoqmadi. Manba bergan xabarga ko'ra, "Roma" rahbarlari murabbiyning metodini maqullamagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Messaggero