"Roma" Veynaldum uchun kurashga qo'shildi

Alisher
22 may 2021, 12:21
"Roma" "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum uchun kurashga qo'shildi.

Rimliklar niderlandiyalik futbolchi bilan tekinga shartnoma imzolashlari mumkin, sababi u yozda katta ehtimol bilan erkin agentga aylanadi.

Bundan tashqari, yarim himoyachiga "Pari Sen-Jermen" klubi jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

30 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe