A Seriya. Shomurodovning goli "Roma"ga "Verona" ustidan g'alabani taqdim etdi

Alisher Ostonov
20 apr 2025
Italiya A Seriyasi 33-tur doirasidagi "Roma" - "Verona" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi (82-daqiqada almashtirildi) va 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. Forvard Sulening ajoyib uzatmasidan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Hamyurtimizning ushbu goli o'yinda yagonaligini saqlab qoldi va Rim klubiga 3 ochkoni taqdim etdi. "Roma" ushbu g'alabadan so'ng vaqtinchalik oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 


19 apr 2025, 23:45
Roma — Hellas Verona
1 – 0
Tugadi






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia