“Roma” uch yilda “Qatar Airways”dan 39 million evro oladi

18 may 2018, 23:58
Rimning “Roma” klubi homiylik kelishuviga ko'ra Qatar Airways kompaniyasidan 39 million evro ishlab oladi.

Rimliklar YCHLda “Barselona” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin ushbu aviakompaniya bilan shartnoma imzolashdi.

Kelishuv 2021 yilga qadar amalda bo'ladi. Aviakompaniya yiliga 11 million evro to'laydi. 

“Yuventus” Jeep kompaniyasidan yiliga 17 million evro, “Inter” Pirelli komaniyasidan yiliga 10 million evro, “Milan” Fly Emirates kompaniyasida yiliga 14,5 million evro homiylik mablag'larini oladi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia