“Roma“ uch nafar futbolchini 30 iyunga qadar sotishi shart

Khoja
23 iyun 2025, 09:38
“Roma“ bundan buyon 30 iyunga qadar moliyaviy feyr-pley parametrlari bo'yicha hisob-kitoblarni tartibga solish uchun futbolchilarining sotuvidan 10 million evro ishlashi lozim. Shu sababli rimliklar uchta futbolchini sotuvga qo'ydi.

Ular Eldor Shomurodov, Abdulhamid Saud va Leandro Paredes.

Eldorga Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir“ klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq tomonlar hozircha muzokara olib borishmadi.

Saudga “Lans“ qiziqish bildirmoqda. Biroq fransiyaliklar futbolchini faqatgina ijaraga olishni reja qilishgan. Paredesni “Boka Xunior“ qo'lga kiritishni reja qilgan. Ammo Argentina jamoasi ham “Roma“ so'ragan pulni berishni istamayapti.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: romapress.com