“Roma” sobiq a'zosi: Allison - bu darvozabonlar o'rtasidagi Messi

7 fev 2018, 08:29
Rimliklarning sobiq darvozaboni Roberto Negrisolo klubning braziliyalik a'zosi haqida fikr bildirdi.

“Kula ko'rmang, Allison 50 mln evrodan ham qimmat turadi. Ancha oldin uning fenomen ekanlgini tushunib bo'lingan. Allison Beker - bu darvozabonlar o'rtasidagi Messi. Ikkisining xarakteri o'xshash. Meni uni Dino Zoff bilan tenglashtirgan bo'lardim. Allison kamida 10 yil cho'qqida bo'ladi”, -  deydi Negrisolo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia