"Roma" Pellegrinining maoshini 4 million evrogacha oshiradi

Alisher
19 sen 2021
"Roma" yarim himoyachi Lorenco Pellegrini bilan shartnomani uzaytiradi.

Tomonlar bitimning so'nggi detallarini muhokama qilish uchun tez orada yangi uchrashuv o'tkazishadi.

Futbolchining shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. 25 yoshli xavbekning maoshi esa bir mavsum uchun 4 million evroga qadar o'sadi.

Shartnomadan futbolchini 30 million evroga xarid qilish huquqi olib tashlanadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira