"Roma" Pellegrini uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda

13 avg 2020, 00:52
"Roma" rahbariyati yarim himoyachi Lorenco Pellegrini bilan hamkorlik bitimini uzaytirishni istamoqda, deb xabar qildi "La Gazzetta dello Sport".

Rim klubi rahbariyati o'yinchining maoshini yiliga 3 mln evroga (+bonus) oshirishga tayyor. Pellegrini bilan imzolangan amaldagi kelishuv 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 24 yoshli italiyalik xavbek "Barselona"ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgani haqida xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport