"Roma" Pastore bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Bu haqda "calciomercato.com" nashri xabar tarqatdi.

Rimning "Roma" klubi rahbariyati yarim himoyachi Xaver Pastore bilan hamkorlikni to'xtatmoqchi. Argentinalik futbolchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. Uning "bo'rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchining o'zi ham Rim jamoasini tark etishga tayyor. Pastorega MLS, Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiyadan takliflar borligi aytilmoqda.


Manba: calciomercato.com