"Roma" MYUning rejasini buzmoqchi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2019, 14:56
"Roma" "Manchester Yunayted"ning transferlar rejasini buzmoqchi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, Rim jamoasi futbolchini "Old Trafford"ga ko'chib o'tishiga halaqit qilmoqchi.

Buning uchun "bo'rilar" 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi va maoshni 5 million evrogacha ko'tarmoqchi. Shuningdek, shartnomada futbolchining tovon puli ham ko'tariladi.

Manolasning "Roma" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Uning transfer summasi 36 million evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia