“Roma” Mxitaryanni olib qolishni xohlamoqda

25 may 2020, 09:32
Genrix A Ceriyada qolishi mumkin.

“Roma” transfer huquqi “Arsenal”ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni yana bir yil klubda olib qolishni xohlamoqda. Uning ijara shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakunlanadi. Mxitaryanning “Arsenal” bilan shartnomasi esa 2021 yil yoziga yakuniga etadi.

Joriy mavsum futbolchi A Ceriya doirasida 13 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia