"Roma" mashg'ulotlarga qaytadigan sanasini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
3 may 2020, 10:26
"Roma" futbolchilari mashg'ulotlarga qaytishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Klub rasmiy tvitteri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa 6 may kunidan mashg'ulotlarga qaytadi. Bundan oldin barcha futbolchi va murabbiylar koronavirus testini topshirishadi.

Bunga qadar A Seriyaning "Sassuolo", "Bolonya" va "Parma" kabi klublari mashg'ulotlarni boshlab yuborishgandi.

26 turdan keyin "Roma" 45 ochko to'plagan holda A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/asroma