"Roma" Mariano Diasni ijaraga olishi mumkin

Alisher
10 avg 2019
"Real" hujumchisi Mariano Dias A Seriya klubiga o'tishi mumkin.

"Roma" 26 yoshli forvardni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda.

Rimliklar uni Edin Jekoga nomzod sifatida ko'rishmoqda.

Futbolchi yakunlangan mavsum 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Dias 2017-2018 yillarni ijara asosida "Lion"da o'tkazgan.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport