"Roma" Malkomni sotib olishga urinib ko'radi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2019
"Barselona" vingeri Malkom "Roma"ga o'tishi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "bo'rilar" o'tgan yilgi qiliqlariga qaramasdan Malkomga bo'lgan qiziqishlarni yangilagan. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili braziliyalik futbolchi so'nggi soniyalarda "Roma"dan ko'proq maosh taklif qilgan "Barselona"ni tanlagandi.

"Roma" esa 22 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Malkom "Barselona"dagi debyut mavsumida 24 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi 40 million evroga teng.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia