Roma La Ligadan yana bir hujumchini olib kelmoqchi

Khoja
21 mar 2025, 10:53
Roma yozda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun La Ligadan yana bir hujumchi olib kelmoqchi.

Bo'rilar Sevilya hujumchisi Isaak Romero bilan shartnoma tuzishni reja qilishgan.

Ispaniya klubi o'z navbatida hujumchisini yaxshi taklif bo'lgan taqdirda sotib yuborishga tayyor.

25 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarket hujumchini 15 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: romapress.net