"Roma" Kolarov bilan shartnomani uzaytirmoqchi

25 dek 2019, 19:10
Rimning "Roma" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Aleksandar Kolarov bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Bu haqida jurnalist Nikolo Skira o'zining Twitter'dagi shaxsiy sahifasi orqali ma'lum qildi.

Rimliklar serbiyalik himoyachiga "1+1" shaklidagi bitim taklif qilishni rejalashtirishmoqda. Kolarovning yillik maoshi 3 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Aleksandar 2017 yilda "Manchester Siti" klubidan xarid qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/nicoschira