"Roma" Jiruning agenti bilan muzokaralar olib bordi

Alisher
3 apr 2021
"Roma" sport direktori Tiagu Pintu "Chelsi" forvardi Olive Jiruning agenti bilan muzokaralar olib bordi.

34 yoshli fransiyalik futbolchining London klubi bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Hujumchining "ko'klar" safini yozda erkin agent maqomida tark etish ehtimoli bor.

"Roma" Jiru bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganmoqda. Ammo, o'yinchi uchun Milanning "Inter" klubi ham davogarlik qilmoqda.

Rimliklarning qiziqishlari doirasida shuningdek AZ sardori Ten Kopmeyners ham bor. 23 yoshli tayanch yarim himoyachisi 36ta o'yinda 17ta gol urgan. Gollandlar o'yinchini 20-25 million evroga sotishga tayyorlar.


AlisherMuallif
Manba: La Gazetta dello Spot