"Roma" Jekoni "Tottenxem"ga sotishdan bosh tortdi

11 dek 2019, 02:44
Bosniyalik hujumchi klubga kerak.

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "Roma" o'z forvardi Edin Jekoni Londonning "Tottenxem" klubiga sotishdan bosh tortgan. Boisi shundaki, Jeko rimliklar bosh murabbiyi Paulu Fonsekaga kerak. Mutaxassis hujumchini jamoa o'yinidagi asosiy bo'g'in deb hisoblaydi.

Eslatib o'tamiz, Jeko doriy mavsum A Seriyaning 15ta uchrashuvida maydonga tushib, o'z hisobiga 6 gol va 2 samarali uzatmani yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato