"Roma" Yevropa Ligasi yarim finali oldidan Pedrosiz qoldi

Alisher
21 apr 2021
Hujumchi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda sheriklariga yordam bera olmaydi.

Pedro Rodriges mushak jarohatini oldi. 33 yoshli ispaniyalik futbolchi chap oyog'idan jarohatlangan.

"Roma" o'yinchisi lazaretda 10 kun bo'ladi. Natijada u A Seriya doirasidagi "Atalanta" (22 aprel) va Yevropa Ligasi yarim final doirasidagi MYU (29 aprel)ga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi.

Pedro Rodriges joriy mavsum 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia