Roma yetakchisi uchun mavsum yakunlandi

Khoja
21 mar 2025
Avvalroq bir oyga safdan chiqqan deb e'lon qilingan Paulo Dibalaning jarohati ancha jiddiy bo'lib chiqdi.

Roma yetakchisi operaciya qilinadi. Endi futbolchi safga qaytishi uchun kamida 3 oy kerak bo'lishi ma'lum qilindi. Shu tariqa, Dibala uchun mavsum yakunlandi.

Ma'lumot uchun, Dibala joriy mavsum 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 8 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: romapress.net