"Roma" Eshli Koulni tanishtirdi

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2014
"Roma" Eshli Koulni bugun jamoaning yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirdi.

"Men "Roma"ga Chempionlar Ligasida ishtirok etish uchun o'tdim. Bu maqsadli jamoa. Bu men uchun yangi tajriba va men asosiy tarkib uchun kurashishga tayyorman.

Rudi Garsiya bilan gaplashgandan so'ng men "Roma" kuchli jamoa ekanligini tushunib etdim.

Umid qilamanki, kelasi mavsumda biz nimadir yuta olamiz.

Inglizlar o'z mamlakatlarida o'ynashga o'rganishgan. Shu sababli, menga yangi til o'rganish va yangi madaniyat bilan tanishish qiziq bo'ladi", - deydi Koul.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru