

Joze Mourinyu shogirdlari 25 noyabr kuni “Nagoya Grampus” bilan nursiz durang (0:0) o'ynadi. Eldor Shomurodov mazkur bahsning 2-taymida 18 yoshli hujumchi Luiji Kerubinining o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Bugun, 28 noyabr kuni “bo'rilar” Jey Liganing amaldagi chempioni “Yokogama Marinos” bilan bahslashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30 da Tokiodagi “Milliy Olimpiya” stadionida boshlanadi.



