"Roma" Auarni sotib olishga ishonmoqda

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2022
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar "Roma" klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Roma" futbolchini 17 million evroga sotib olishga tayyor.

"Roma" rahbariyati ushbu mablag' kelishuvga erishishi uchun etarli bo'lishiga ishonmoqda. Auarning "Lion" bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi va futbolchi bitim muddatini uzaytirmoqchi emas.

O'tgan mavsumda fransiyalik futbolchi Liga 1 da 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Germaniyaning Transfermarkt portali 23 yoshli futbolchini 25 million evroga baholamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport