“Roma“ asosiy hujumchisini sotuvga qo'yadi

Khoja
15 iyun 2025
“Roma“ o'tgan mavsum jamoani asosiy hujumchisi bo'lgan Artem Dovbikni sotuvga qo'yadi.

Bu haqida Calcio in Pillole nashri xabar bermoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Gasperini hujumchini o'z jamoasida ko'rmayapti va bu haqida jamoa rahbariyatiga ma'lum qilgan.

O'tgan mavsum hujumchi A Seriyada jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lgandi. U 32 ta uchrashuvda 12 ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, “Roma“ Dovbikni o'tgan yozda “Jirona“dan 30 million evroga sotib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: Calcio in Pillolе